Toshkent viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Toshkent viloyati hokimining qarori bilan Xurshid Qoraboyev viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xurshid Qoraboyev 1987-yil Parkent tumanida tugʻilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan.
U mehnat faoliyati davomida Qishloq xoʻjaligi vazirligida masʼul rahbarlik lavozimlarida, shuningdek, Vazirlar mahkamasida shuʼba mudiri lavozimida ishlagan.
Qoraboyev mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Savdo-sanoat palatasi Qishloq xoʻjaligi sohasida tadbirkorlikka koʻmaklashish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring