Toshkent viloyati hokimi koronavirusga qarshi emlandi
Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu yilning iyul oyi boshida koronavirusni boshdan kechirgan viloyat hokimi sogʻligi tiklanishi uchun shifokorlar tavsiyasi bilan muolaja oldi.
Bugun esa qayta tibbiy koʻrik oʻtkazilib, unda emlanishga toʻsqinlik qiluvchi omil aniqlanmadi. Vaksina qabul qilgan viloyat rahbari barcha yurtdoshlarimizni oʻzi va yaqinlari salomatligiga befarq boʻlmaslikka chaqirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring