Toshkent va Puchon qaysi sohalarda hamkorlik qiladi?

19:06 03 Oktyabr 2018 Siyosat
1405 0

Toshkent shahar hokimligida Janubiy Koreyaning Puchon shahri meriyasi vakillaridan iborat delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muzokaralarda Toshkent va Puchon maʼmuriyatlari oʻrtasida oʻzaro doʻstona aloqalarni kuchaytirish boʻyicha fikr almashildi.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, Puchon meriyasi vakillari Toshkentda ijtimoiy sohalar, xususan turizm va sogʻliqni saqlash boʻyicha hamkorlikni rivojlantirishdan ikkala tomon ham birdek manfaatdor ekanligini taʼkidladi. Bu borada Puchon meriyasi vakillari tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha bepul oʻquv kurslarini tashkil etish tashabbusini ilgari surmoqda.

Shuningdek, uchrashuvda bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari ham muhokama etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер