Toshkent va Fargʻonadagi 3 tadbirkor Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan ayblanmoqda

10:29 18 Sentyabr 2024 Jamiyat
322 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqladi. Bu haqda Departamentning xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda qonun buzilishi aniqlandi.

“G.G.” MCHJ rahbari D.S. Olmaliq shahridagi umumiy oʻrta taʼlimi maktabi hududida eshik rom ishlab chiqarish sexi tashkil etib, umumiy foydalanishdagi tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 355,7 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi holat Bekobod tumanida ham aniqlangan. Departamentning Bekobod tumani boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.D. YATT “D.D.”ning nomidagi avtomobillarni yuvish shoxobchasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida elektr hisoblagichdan tashqari ulanib, 135,9 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi fosh etilgan.

Departamentning Fargʻona shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda yana bir qonunbuzarlik aniqlangan.

Xabar berilishicha, fuqaro U.M. va boshqalar “Hamkorlik” MFY hududidagi novvoyxonada umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 109,3 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.

Shuningdek U.M. yetkazilgan zararni toʻlamaslik maqsadida goʻyoki ushbu novvoyxonani fuqaro B.A.ga 2024-yilning iyun oyida foydalanishga berganligi toʻgʻrisida soxta dalolatnoma rasmiylashtirib elektr tarmoqlari korxonasiga taqdim qilganligi aniqlangan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, QQS toʻlovchilari soni deyarli 5 foizga oshgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер