Toshkent va Andijonda noqonuniy energiya isteʼmoli sabab davlat va jamiyat 1 milliard soʻmdan ortiq zarar keltirdi

10:46 04 Mart 2025 Jamiyat
305 0

Toshkent shahri va Andijon viloyatida noqonuniy ravishda energiya resurslaridan foydalanganlik holatlari aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda yirik miqdorda elektr va gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish holatlari fosh etildi.

Olmazor tumanida fuqarolar A.A. va J.I. oʻzlariga tegishli noturar bino va yashash xonadonida elektr hamda gaz tarmoqlariga noqonuniy ulangan holda tijorat faoliyatini amalga oshirib, 365,2 million soʻmlik energiya resurslarini talon-toroj qilganliklari aniqlandi.

Shuningdek, Andijon viloyatining Izboskan tumani va Xonobod shahrida YATTlar A.I. va U.T. oʻzlariga tegishli noturar binolarda elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulangan holda, 688,2 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi va hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер