Toshkent shahrining turli tumanlarida haydovchilar giyohvand moddalar bilan ushlandi
Toshkent shahrining turli tumanlarida giyohvand moddalarni noqonuniy olib oʻtgan haydovchilar qoʻlga olindi, Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 30-noyabr kuni soat 01:30da Bektemir tumani hududida joylashgan “Sharq” postida yoʻl-patrul xizmati xodimi “Lacetti” rusumli avtomashinani koʻrikdan oʻtkazish maqsadida toʻxtatgan. Yoʻlovchi salonini koʻzdan kechirish chogʻida haydovchining telefoni gʻilofidan narkotik modda topilgan.
Xuddi shunday holat 30-noyabr kuni Uchtepa tumanida ham aniqlanib, “Spark” rusumli avtomashinani koʻzdan kechirish chogʻida oʻrindiq ostidan 4 dona “Tropikamid” va 21 dona “Regapen” psixotrop dori vositalari topilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, aniqlangan moddalar Bektemir va Uchtepa tumanlari IIBga topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring