Toshkent shahrining bosh rejasini ishlab chiqish uchun birinchi bosqichda 40 milliard soʻm ajratildi
Buning uchun poytaxt mahalliy byudjetidan 40 milliard soʻm ajratiladi. Xalq deputatlari shahar kengashi 2023-yil 4-dekabrda ushbu moliyalashtirishni tasdiqladi.
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlaridan 19 ming 720 gektar yer tanlab olingan. Birinchi bosqichda 2,5 ming gektarda 100 ming aholi uchun uy-joylar va infratuzilma obyektlari qurish rejalashtirilgan.
Yangi Toshkentda “aqlli” va “bogʻ shahar” boʻlishi nazarda tutilmoqda. Maʼmuriy markazda davlat idoralari, Yangi Oʻzbekiston universiteti, kutubxona, Tarix muzeyi, madaniyat saroylari joylashadi.
Shuningdek, shaharda ishbilarmonlik va innovatsiya tumanlari, taʼlim, tibbiyot va turizm klasterlari boʻladi.
420 gektar maydonda markaziy bogʻ, mavzelar orasida sunʼiy kanal va koʻllar, Chirchiq va Qorasuv daryolari boʻyida sayilgohlar tashkil qilinib, odamlarning dam olishi uchun soʻlim sharoitlar yaratiladi. “Toshkentning yashil belbogʻi” loyihasi shu joydan boshlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring