Toshkent shahrining bosh imom-xatibi tayinlandi
Foto: «Халқ сўзи»
Abduqahhor Yunusov Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Bunga qadar u “Abu Saxiy” jome masjidida imom-xatib vazifasida ishlab kelayotgan edi.
2021-yildan buyon Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan Rahmatulloh Sayfuddinov oʻz arizasiga binoan ishdan boʻshagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring