Toshkent shahridagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida “Konstitutsiya darslari” oʻtkazilmoqda
“Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi” degan bosh gʻoya asosida hududlarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganligining 31 yilligi keng nishonlash boʻyicha boʻyicha maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.
Jumladan, 4-7-dekabr kunlari Adliya vazirligi hamda TDYUUning masʼul xodimlari tomonidan Toshkent shahridagi 318 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini oʻquvchilariga yetkazish maqsadida “Konstitutsiya darslari”ni oʻtkazish boʻyicha tegishli tadbirlar belgilab olindi.
Ushbu tadbirlar doirasida jorniy yilning 4-dekabr Toshkent shahrining Bektimer, M. Ulugʻbek, Mirobod, Olmazor va Uchtepa tumanida joylashgan 102 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida vazirlikning masʼul xodimlari tomonidan Konstitutsiya darslari oʻtkazilib, oʻquvchilarga Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, fuqarolarning huquq, majburiyatlari va burchlari, shuningdek yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish borasidagi kiritilgan yangi normalar haqida hayotiy misollar bilan tushuntirildi.
Oʻtkazilgan interaktiv darslarda oʻquvchilar bilan savol-javoblar oʻtkazildi va ularning huquqiy bilim-koʻnikmalari oshirildi hamda ularning kelgusida egallashni maqsad qilgan kasblari yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring