Toshkent shahrida “Yaponiya raqamli universiteti” tashkil etiladi

15:05 02 Iyun 2020 Hujjatlar
1468 0

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida “Yaponiya raqamli universiteti”ni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Yangi universitet Yaponiyaning “Digital knowledge” aksiyadorlik jamiyati muassisligidagi alohida mulk va mustaqil balansga ega boʻlgan yuridik shaxs maqomidagi ustav fondida davlat ulushi boʻlmagan nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi.

Hujjatga muvofiq, mazkur oliy taʼlim muassasasiga talabalikka qabul qilish va bitiruvchilarining attestatsiyasi ushbu universitet tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan kelishilgan holda belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi

“Ikki tomonlama diplom” (double degree) dasturlari asosida oʻqishlarini muvaffaqiyatli tamomlagan Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan “Kompyuter lingvistikasi” yoʻnalishida davlat namunasidagi diplomi hamda Yaponiya va Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan Yaponiyaning Otemaye universiteti, Tokio onlayn universiteti va boshqa universitetlaridan birining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha belgilangan namunadagi diplomlari beriladi.

Toshkent shahridagi “Yaponiya raqamli universiteti”da 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab taʼlim jarayoni boshlanadi hamda muhandis-dasturchi va biznes boshqaruvi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarid mutaxassislar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер