Toshkent shahrida SHHTga aʼzo davlatlarning atrof-muhit masalalariga masʼul idoralar rahbarlarining uchinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi
2022-yil 27-may kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga aʼzo davlatlarning atrof-muhit masalalari boʻyicha masʼul vazirlik va idoralari rahbarlarining uchinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
SHHTga aʼzo sakkiz davlatning yuqori martabali delegatsiyalari va ekspertlari Tashkilot kotibiyati vakillari ishtirokida zamonaviy voqelikni hisobga olgan holda, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb vazifalarini muhokama qiladi.
Vazirlar uchrashuvi yakunlari boʻyicha Tashkilot doirasida SHHTning Atrof-muhitga oid maʼlumotlar almashinuvi platformasini birgalikda yaratish dasturi tasdiqlanishi kutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring