Toshkent shahrida respublika chempionati oʻtkaziladi
Joriy yil 22 — 24-mart kunlari poytaxtimizdagi “Yunusobod sport majmuasi”da Penchak silat sportining tanding, tungal, ganda va boshqa turlari boʻyicha respublika chempionati oʻtkaziladi.
Mingdan ortiq sportchilar ishtiroki kutilayotgan mazkur musobaqani yuqori saviyada va shaffof oʻtkazish maqsadida Penchak silat sportining Vatani — Malayziya davlatidan hakamlar tashrif buyurishi koʻzda tutilgan.
Ishonchimiz komilki, ushbu respublika chempionati sport ixlosmandlari uchun haqiqiy maʼnoda katta bayram tadbiriga aylanadi.
Musobaqada 1, 2, 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan sportchilar Oʻzbekiston milliy terma jamoa roʻyxatga kiritiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring