Toshkent shahrida pirotexnika buyumlarini sotmoqchi boʻlgan shaxslar aniqlandi

14:24 11 Dekabr 2023 Jamiyat
231 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro K.B.ning xonadonidan fuqaro S.B.ga tegishli yangi yil bayrami arafasida sotish maqsadida saqlab qoʻyilgan 378 dona “Best Cold Fountains Indon Use”, 96 dona “Salyut” va 20 dona “Volk” nomli pirotexnika buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi  qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер