Toshkent shahrida kir yuvish va kimyoviy tozalash xizmatlaridan foydalanishga talab yuqori
Foto: Statistika agentligi
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar oktyabr oylarida Oʻzbekistonda toʻqimachilik va moʻynali buyumlarni yuvish va kimyoviy tozalash boʻyicha xizmatlarining hajmi 520,5 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Ushbu xizmatlarning 32,8 %i yoki 170,4 mlrd. soʻmi Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelgan.
Hududlar kesimida kir yuvish va kimyoviy tozalash xizmatlari hajmi:
Qoraqalpogʻiston R. – 6,1 mlrd. soʻm;
Andijon viloyati – 111,6 mlrd. soʻm;
Buxoro viloyati – 28,7 mlrd. soʻm;
Jizzax viloyati – 5,9 mlrd. soʻm;
Qashqadaryo viloyati – 19,4 mlrd. soʻm;
Navoiy viloyati – 16,1 mlrd. soʻm;
Namangan viloyati – 42,4 mlrd. soʻm;
Samarqand viloyati – 32,9 mlrd. soʻm;
Surxondaryo viloyati – 11,6 mlrd. soʻm;
Sirdaryo viloyati – 4,2 mlrd. soʻm;
Toshkent viloyati – 35,9 mlrd. soʻm;
Fargʻona viloyati – 27,7 mlrd. soʻm;
Xorazm viloyati – 7,6 mlrd. soʻm;
Toshkent shahri – 170,4 mlrd. soʻm.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring