Toshkent shahrida 47 nafar bemor tuzaldi
Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 33 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 14 nafar, jami 47 nafar bemor sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 23 nafari erkak, 10 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 68 yoshda, yoshi kichigi 2 yoshda. Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, Toshkent va Xorazm viloyatlaridan 5 nafardan, Samarqand viloyatidan 4 nafar, Fargʻona viloyatidan 3 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Sirdaryo, Jizzax, Buxoro, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahridan 2 nafardan, Andijon, Qashqadaryo, Namangan viloyatlari hamda Qozogʻiston Respublikasidan 1 nafardan.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 8 nafari erkak, 6 nafari ayol boʻlib, yoshi kattasi 57 yoshda, yoshi kichigi 11 yoshda. Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, Toshkent va Fargʻona viloyati hamda Toshkent shahridan 2 nafardan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Xorazm viloyatlaridan 1 nafardan.
Toshkent shahrida shu paytga qadar 1063 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 1110 nafarga yetdi.
Shunday qilib, bugun yurtimizda hozirga qadar 54 nafar bemor tuzalib, sogʻayganlar soni 2837 nafarga yetdi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring