Toshkent shahrida 1-19-mart kunlari Xalqaro balet festivali boʻlib oʻtadi
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan mazkur festival Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat akademik katta teatrida oʻtkaziladi. Ushbu nafis raqs shodiyonasining keng miqyosli dasturlari doirasida turli mamlakat va balet maktablarining mashhur sahna asarlari namoyish etiladi.
Ular orasida “Jungli kitobi yangi ijroda” baleti Akram Xon (Buyuk Britaniya) sahnalashtiruvchi rejissyorligida, bosh qarorgohi Lozannada (Shveysariya) joylashgan Moris Bejar baleti, Boris Eyfman teatri (Rossiya) rahbarligidagi «Pigmalion aks taʼsiri» va «Yevgeniy Onegin» spektakllari, shuningdek, “Ipak yoʻli” hamda “Lazgi – muhabbat va qalb raqsi” milliy baleti (Oʻzbekiston) tomoshalarining ijro etilishi kutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring