Toshkent shahri va viloyatidagi 3 ta AGTKSH 34 mlrd 640 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi
Joriy yil 1-dekabr kuni Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Toshkent shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH)da oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan:
Toshkent shahrinig Bektemir tumanida joylashgan “T.V.G.” MCHJ, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “O.E.G.” MCHJ va “P.O.” MCHJga qarashli AGTKSHlar tomonidan gazning haqiqiy sarfini kamaytirib koʻrsatish maqsadida hisobga olish priborini ulash tartibi hamda sxemalari oʻzgartirilganiligi maʼlum boʻldi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mazkur 3 ta shoxobcha tomonidan davlat manfaatlariga jami 34 mlrd 640 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring