Toshkent shahri “qizil” toifadagi hudud deb belgilandi
Koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning sogʻayish dinamikasi holatidan kelib chiqib, hududlarni “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratish tartibiga muvofiq:
“Qizil” toifadagi hududga – Toshkent shahri;
“Sariq” toifadagi hududlarga – Samarqand va Toshkent viloyatlari kirishi belgilandi.
Hududlarni toifalarga ajratish va keng jamoatchilikka yetkazish boʻyicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati masʼul hisoblanadi va ushbu xizmat epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, tartib asosida oʻzgarish boʻlgan hududlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarlarni doimiy ravishda keng jamoatchilikka eʼlon qilib boradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring