Toshkent shahri hududidagi daraxtlarni raqamlashtirish orqali ularning pasporti yaratiladi

11:05 24 Noyabr 2023 Jamiyat
465 0

Иллюстратив фото

“Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga koʻra, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida eksperiment tariqasida Toshkent shahri hududidagi daraxtlarni raqamlashtirish orqali ularning pasporti yaratiladi.

Daraxtlarni pasportlashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1-bosqich (2024-yil 1-martgacha) – mavjud daraxtlar toʻliq xatlovdan oʻtkaziladi (yakka tartibdagi uy-joylar hududidagi daraxtlar bundan mustasno);

2-bosqich (2024-yil 1-noyabrgacha) – xatlov natijasiga koʻra aniqlangan daraxtlarning turi, yoshi, boʻyi, holati va joylashuv koordinatasini aks ettiruvchi maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi;

3-bosqich (2024-yil 31-dekabrgacha) – maʼlumotlar bazasi asosida “Yashil makon” elektron platformasida har bir daraxtga pasport shakllantiriladi va ID raqam beriladi.

Eksperiment yakunlaridan kelib chiqib, respublikaning boshqa hududlarida ham daraxtlar pasportini joriy qilish nazarda tutilgan.

Farmon bilan 2024–2028-yillarda Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish, innovatsiyalar va yashil texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha milliy dastur tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер