Toshkent shahri hududi kengayadi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatining Zangiota tumani va Toshkent shahrining Sergeli tumani hududlari qisman oʻzgartiriladi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, natijada Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan Oʻzgarish qishlogʻi Toshkent shahri Sergeli tumani tarkibiga oʻtkaziladi.
Oʻtkazilgan hududda 3 ta MFY (Pastdarxon, Yuqoridarxon, Toshkent) mavjud boʻlib, jami 428 gektar, shundan, qishloq xoʻjaligi yerlari 111,1 gektar, aholi xonadon osti yerlari 102,8 gektar, qurilishlar, koʻchalar, saroylar va maydonlar bilan band yerlar 134,8 gektar xamda suvosti, yoʻl osti va boshqa yerlar 78,4 gektarni tashkil etadi.
Aholi soni 5824 nafar. Jami xonadonlar soni 893 ta.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring