Toshkent shahri hamda hududlardagi aeroport, vokzallar va mehmonxonalarda “turizm bekatlari” tashkil etiladi

17:50 29 Mart 2023 Siyosat
1031 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz turizm salohiyatini jadal rivojlantirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Viloyat hokimlari ham oʻzining hududini xorijda keng targʻib qilishga oʻrganishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Buning uchun viloyat hokimlari turoperatorlarni jalb etib, PR markazi filiallarini tashkil qiladi. Ular:

— har bir viloyatning “tashrif qogʻozi”ni ishlab chiqadi;

— Toshkent shahri hamda hududlardagi aeroport, vokzallar va mehmonxonalarda “turizm bekatlari”ni tashkil qiladi;

— har bir viloyatning oʻzi uchun xos boʻlgan “mavsumiy turistik paketi”ni tayyorlaydi;

— festival va konsertlar oʻtkazish grafigini tasdiqlab, nafaqat mahalliy, balki xorijiy sayyohlar uchun ham eʼlon qiladi.

Yigʻilish yakunida mutasaddilarning axboroti eshitildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер