Toshkent shahar jamoat transportida yoʻlovchilarga qoʻlqop bepul taqdim etiladi
Transport vazirligining xabar berishicha, joriy yil 19-oktyabridan jamoat transportida turli yuqumli mavsumiy infeksiyalar tarqalishining oldini olish va yoʻlovchilar salomatligini asrash maqsadida Toshkent shahar jamoat transporti (avtobus, metro, yoʻnalishli taksi) xizmatidan foydalanganda yoʻlovchilarning tibbiy niqob va qoʻlqopda boʻlish tartibi joriy etiladi.
Bunda tashuvchilar tomonidan jamoat transporti yoʻlovchilariga qoʻlqoplar bepul taqdim etiladi.
Yoʻlovchilar metro stansiyalariga kirishda, avtobus hamda mikroavtobusga chiqish vaqtida kassa xodimlari, konduktor va haydovchilardan qoʻlqoplarni olishlari mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring