Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi tizimidagi manfaatlar toʻqnashuviga chek qoʻyildi

12:40 13 Iyun 2022 Jamiyat
388 0

Maʼlum muddat avval, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan "Toshkentdagi tibbiyot “mafiyasi”: sobiq vazirlar davridagi manfaatlar toʻqnashuviga barham berish boshlandimi?” sarlavha ostida tarqalgan maqola yuzasidan manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilganligi holatlari boʻyicha oʻrganish oʻtkazilgani haqida xabar berilgandi.

Oʻrganish natijalariga koʻra, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi mansabdor shaxslari faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilganligi aniqlanib, holat yuzasidan Agentlik tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuzaga kelgan qonunbuzilishi holatlarni bartaraf qilishga qaratilgan taqdimnoma kiritilgandi.

Shunga asosan, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan oʻz faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvi kelib chiqishiga imkoniyat yaratib bergan va sababchi boʻlgan mansabdor shaxslarga qonunchilikka muvofiq jazo choralari qoʻllanildi.

Jumladan, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi birinchi oʻrinbosari bilan mehnat shartnomasi bekor qilinib egallab turgan lavozimidan ozod etildi hamda qolgan oʻrinbosarlarga nisbatan tegishli tartibda intizomiy javobgarlik bilan bogʻliq jazo choralari qoʻllanildi.

Shuningdek, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi tizimidagi oilaviy va koʻp tarmoqli poliklinikalar va tibbiyot muassasalarida “Toshkent shahar sogʻliqni saqlash tibbiy diagnostika laboratoriyasi” (“SS-LAB”) MCHJning aholiga pullik toʻlov asosida klinik diagnostika laboratoriya xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyati toʻliq tugatildi.

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер