Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi bir vaqtning oʻzida sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari lavozimini egallaydi

13:18 05 Oktyabr 2020 Hujjatlar
2105 0

Prezidentimizning shu yil 2-oktyabrda qabul qilingan “Sogʻliqni saqlash sohasida davlat boshqaruv tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga ayrim oʻzgarishlar kiritildi.

Toshkent shahrida joylashgan barcha davlat tibbiyot muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, ularda zamonaviy profilaktika, diagnostika va davolash uslublarini joriy qilish, xalqaro standartlardan qolmaydigan tibbiyot infratuzilmasini yaratish maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari – Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimi kiritildi.

Shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimi tugatildi.

Tibbiyot muassasalari moliyaviy barqarorligiga koʻmaklashish hamda tibbiy turizmni rivojlantirishni tashkil etishga yoʻnaltirilgan Sogʻliqni saqlash sohasida islohotlarni loyihalashtirish va raqamlashtirish markazini tuzish belgilandi.

Shu bilan birga:

— tibbiy yordamning standartlarini ishlab chiqish,

— tibbiyotga yangi texnologiyalarni joriy etish,

— investitsiyalarni jalb qilish kabi yangi boʻlimlar tuzilishi belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер