Toshkent shahar hokimligi oʻz tizimida yigʻilish va majlislar oʻtkazishni vaqtinchalik taqiqladi
Toshkent shahar hokimligi va uning tizimidagi barcha boshqarma va tashkilotlar, tuman hokimliklarida yigʻilish va majlislar tashkil etish hamda oʻtkazish vaqtinchalik taqiqlandi.
Bu haqda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi yangi shtammlari keng tarqalishini oldini olish boʻyicha Toshkent shahar shtabining yigʻilishida maʼlum qilindi.
Zarur hollarda yigʻilishlar onlayn tizimda oʻtkazilishi taʼkidlandi.
Shuningdek, oliy taʼlim muassasalari va ularning yotoqxonalarida karantin va sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring