Toshkent — Namangan o‘rtasida muntazam temiryo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yildi

10:10 14 Dekabr 2023 Jamiyat
391 0

Toshkent shahri va respublikaning boshqa hududlariga poyezd qatnovlari endilikda Namangan shahridagi temiryo‘l vokzalidan amalga oshiriladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, haftaning dushanba, seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari Namangan vokzalidan Toshkentga jo‘nash mumkin.

Toshkentdan Namangan shahriga keluvchilar uchun dushanba, seshanba, payshanba va juma kunlari qatnov mavjud.

Bu yo‘nalishni yo‘lga qo‘yilgani noqulay ob-havo sharoitida yo‘lovchilarning Pop tumaniga borish va kelish, Qamchiq dovonidagi mashaqqatlardan qutqaradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер