Toshkent metrosidan 81 mln.dan ziyod yoʻlovchi foydalandi
“Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan 2023-yilning 1-yarim yilligida umumiy hisobda 81 281 000 dan ortiq yoʻlovchiga xizmat koʻrsatilgan. Bugungi kunda Toshkent metropoliteni tarmogʻi 66,74 kmga, bekatlari soni esa 48 taga yetdi.
Yer usti metrosi qurilishining ikkinchi bosqichi toʻliq yakunlanishi bilan Toshkent metropolitenining uzunligi 70 kilometrdan ortadi, bekatlar soni esa 50 ta boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring