Toshkent metrosida poyezd texnik nosozlik sabab 7 daqiqa kechikdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod yoʻnalishida poyezdlar harakat intervali oshgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, bugun 16-fevral kuni Yunusobod yoʻnalishida harakatlanayotgan 65-harakat tarkibida Turkiston bekatiga yoʻlovchilarni tushirgandan soʻng texnik nosozlik aniqlangan. Shu sababli mazkur poyezd 7 daqiqa kechikkan va belgilangan tartibda texnik koʻrik yoʻlagiga yoʻnaltirilgan.
Shundan soʻng, harakat xavfsizligi hamda yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida nosoz tarkib oʻrniga qisqa muddat ichida zaxira harakat tarkibi yoʻnalishga chiqarilgan va poyezdlar harakati belgilangan jadval asosida qayta yoʻlga qoʻyilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring