Toshkent metropolitenining “Xalqlar doʻstligi” bekatida ilk marotaba kaftni skanerlash orqali toʻlovni amalga oshirish tizimi ishga tushirildi

15:34 30 Noyabr 2023 Jamiyat
218 0

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Toshkent metropolitenidan foydalanganda yoʻl haqqini toʻlash uchun bank kartalari, transport kartalari yoki QR-kodli chek olishning hojati qolmayapti. Oʻtish joyida UZINFOKOMning — Palm ID, tomirlar tasviriga asoslangan identifikatsiyalash yangi biometrik loyihasi ishga tushirildi.

Kaftingizni skaner ustiga tutasiz va tizim sizni identifikatsiya qiladi. Sizdan avtomatik tarzda toʻlov yechib olinadi. Buning uchun siz bir necha daqiqa sarflab, dastur orqali oʻz shaxsiy maʼlumotlaringizni kiritishingiz zarur.

Jamoat transporti foydalanuvchilari uchun mobil ilova ham ishga tushirilgan. Mobil ilova orqali virtual karta ochilib, pul mablagʻi bilan toʻldiriladi. Shundan soʻng toʻlov uchun kaftingiz kifoya qilib, hech qanday internetsiz, karta yoki, QR-kodli cheklarsiz toʻlovni amalga oshira olasiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер