Toshkent metropolitenining 2 ta bekati 3 oyga yopiladi
Toshkent metropolitenining Yer usti halqa yoʻli yoʻnalishidagi “Texnopark – Qipchoq” bekatlari va bekatlar oraligʻi 3 oy muddatga yopiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.
Qayd etilishicha, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qurilgan metro yoʻnalishlarida metro poyezdlar harakati va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash hamda sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida, yer usti estakadalari va bekatlari maʼlum muddat foydalangandan soʻng, rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan metropolitenning “Texnopark – Qipchoq” bekatlari oraligʻida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga moʻljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.
Aniqlik kiritilishicha, rejali profilaktik ishlar amalga oshirish uchun 2025-yil 8-iyun sanasida boshlab, 2 ta bekat “Turon (13-bekat) — Qipchoq (14-bekat)” bekatlari oraligʻida metro poyezdlar harakati toʻxtatiladi.
Shuningdek, yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida: “Qipchoq–Quruvchilar–Qipchoq” metro bekatlari oraligʻida bepul xizmat koʻrsatuvchi katta sigʻimli avtobuslar (metrobus) harakati yoʻlga qoʻyiladi. Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tongi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.
“Keltirilgan noqulayliklar yuzasidan yoʻlovchilardan uzr soʻraymiz”, deyiladi metropoliten xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring