Toshkent metropoliteni xodimi pora bilan qoʻlga olindi
Metropoliten matbuot xizmati xabariga koʻra, pora olgan metropoliten xodimiga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Maʼlum qilinishicha, “Toshkent metropoliteni” DUK “Harakat” xizmati xodimi X.N. ismli shaxs fuqaro D.M.ning ishonchiga kirib, uni 2 million soʻm evaziga ishga joylab qoʻyishga kelishgan va 1 million soʻm miqdorida pora olayotgan vaqtda qoʻlga tushgan.
X.N.ga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Jinoyat kodeksi 168-moddasining (firibgarlik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, oʻrnatilgan tartibda hibsga olingan.
Shuningdek, “Toshkent metropoliteni” DUK fuqarolardan korrupsion harakatlar haqida xabar topishganda, zudlik bilan tegishli organlarga maʼlum qilishlarini soʻragan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring