Toshkent Markaziy vokzali 16-avgustdan oʻz faoliyatini tiklaydi

13:03 13 Avgust 2024 Jamiyat
472 0

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” Toshkent Markaziy vokzali 16-avgustdan oʻz faoliyatini tiklashini eʼlon qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent Markaziy vokzalidan qatnovchi mahalliy yoʻnalishlarga sayohatni avvalgidek ushbu vokzalidan davom ettirishi mumkin.

Yaʼni yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob”, “Sharq”, “Nasaf”, “Oʻzbekiston” poyezdlari va Toshkent—Volgograd—Toshkent yoʻnalishida harakatlanuvchi poyezdlar avvalgidek Toshkent Markaziy vokzalidan harakatlanadi.

Hozirda Toshkent Markaziy vokzali va “Toʻqimachi” bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Hojikent, Guliston, Angren, Xavast, Bekobod yoʻnalishlaridagi poyezdlar 16-avgustdan boshlab Toshkent Janubiy vokzalidan harakatlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер