Toshkent xalqaro aeroportidagi estakada faoliyati tiklandi
Toshkent xalqaro aeroportidagi estakada orqali, yoʻl belgilari yangilanishi munosabati bilan 28-avgust kuni cheklangan yoʻl harakati tiklandi.
Yoʻlovchilar va kuzatuvchilar uchun Toshkent xalqaro aeroporti estakadasiga chiqish bepul!
Terminalga estakada orqali chiqish qoidalari:
— estakadaning oʻng chizigʻi turistik avtobuslar va mikroavtobuslar uchun, chap chizigʻi taksilar uchun moʻljallangan;
— yoʻlovchilarni estakadada qisqa muddatga tushirish/olish avtomobillar uchun 5 daqiqadan, turistik avtobuslar va mikroavtobuslar uchun — 10 daqiqadan oshmasligi lozim;
— estakadaning oʻng va chap qatorlarini ajratib turuvchi sariq chiziqda toʻxtash taqiqlanadi va qoidabuzarlik hisoblanib, jarimaga solinishi mumkin.
Estakadada bir vaqtning oʻzida 30 tagacha yengil avtomobil yoki sayyohlik avtobuslari bilan birga 17 tagacha avtomobil boʻlishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring