“Toshkent” xalqaro aeroportida kirish yoʻl belgilarining yangilanishi munosabati bilan vaqtincha yopildi
Uzbekistan Airports xabariga koʻra, “Toshkent” xalqaro aeroportida yoʻlovchilarni tushirish/olish yoʻlagiga (joʻnash zali oldidagi avtoturargohdagi estakadaga oʻxshash yoʻlak) kirish yoʻl belgilarining yangilanishi munosabati bilan vaqtincha yopildi.
Harakat 7-yanvar kuni soat 09:00 ga qadar tiklanadi. Bu paytgacha, kuzatuvchilar va taksi haydovchilari dastlabki 10 daqiqa bepul boʻlgan avtoturargohdan foydalanishlari mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring