Toshkent IEM: investitsiya loyihasi doirasida ikkinchi gaz turbinasi olib kelindi

10:20 03 Avgust 2023 Iqtisodiyot
961 0

Xabar berganimizdek, Toshkent IEMda investitsiya loyihasi doirasida birinchi gaz turbinasi olib kelinib oʻrnatilgan edi.

Kuni kecha Yaponiyaning “Mitsubishi” kompaniyasi tomonidan qurilish maydonchasiga ikkinchi gaz turbinasi yetkazib berildi. Hozirgi vaqtda uni oʻrnatish ishlari olib borilmoqda.

Eʼtiborlisi, Toshkent aholisining issiqlik va elektr energiyasiga boʻlgan talabini qondirish maqsadida qurilish ishlarini 2024-yilning birinchi choragida yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер