Toshkent davlat yuridik universiteti qariyb 1 mlrd. soʻmlik grantni qoʻlga kiritdi

16:02 02 Mart 2022 Jamiyat
1214 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Hayʼatining 1-mart kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishida Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan tayyorlangan “Yuridik terminlar elektron tezaurusi va innovatsion multimedia platformasini yaratish” nomli innovatsion loyiha 985 mln. soʻmlik mablagʻ bilan moliyalashtirishga tavsiya etildi.

Mazkur loyiha qonunchilikda va huquqni qoʻllash amaliyotida foydalanib kelinayotgan yuridik terminlar onlayn bazasini yaratishni maqsad qilgan. Bunda, oddiy izohli lugʻatlardan farqli oʻlaroq, Oʻzbekistonda ilk bor yuridik terminlarning semantik tavsifi (sinonim, antonim, paronim va h.k.) ishlab chiqiladi.

Ushbu loyiha kelgusida norma ijodkorligi bilan shugʻullanuvchilar uchun yuridik atamalar sohasida muhim va ishonchli manbaga aylanishi kutilmoqda. 

Loyihada Adliya vazirligi, TDYUU, “Adolat” MHAM va boshqa adliya muassasalari mutaxassislari ishtirok etishi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер