Toshkent davlat stomatologiya instituti AQSHning Columbia University bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi
Toshkent davlat stomatologiya institutiga Columbia University dekani, professor Kristian Stoler tashrif buyurdi.
Kristian Stoler institutning iqtidorli talabalari, yosh mutaxassislari va professor – oʻqituvchilari bilan davra suhbati oʻtkazdi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha Toshkent davlat stomatologiya institutining 30 nafar iqtidorli talabasi va 10 nafar pedagogi uchun akademik almashinuv dasturi boʻyicha Columbia University malaka oshirishlari, shu bilan bir qatorda, 5 nafar doktoranti uchun ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha stajirovka oʻtishlari boʻyicha kelishuvga erishildi.
AQSHning nufuzli Columbia University 1754-yilda tashkil etilgan boʻlib, xalqaro QS reytingda 23 oʻrinni egallab turibdi. Universitetda 17 ta fakultet, 3 ta ilmiy tadqiqot instituti, 4 ta kollej, 26 ta kutubxona, 200 ta ilmiy markazlar, 3 ta klinika faoliyat olib bormoqda.
Universitet bitiruvchilari orasida 84 nafar Nobel mukofoti laureati, 100 nafardan ortiq fan va madaniyat arboblari, 10 nafarga yaqin davlat rahbarlari yetishib chiqqan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring