Toshkent davlat agrar universitetining Nukus, Termiz va Samarqand filiallari institutga aylantiriladi

14:23 18 Dekabr 2020 Hujjatlar
1677 0

Hukumat qarori bilan Agrar taʼlim tizimining 2030-yilgacha boʻlgan innovatsion rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, qishloq xoʻjaligida “Aqlli qishloq xoʻjaligi” (Smart agriculture) va raqamli texnologiyalar joriy qilinadi.

Strategiyaga koʻra, 2030-yilga qadar, jumladan:

➖ 30 ta xorijiy OTM bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari tashkil etiladi;

➖ qishloq xoʻjaligi sohasida koʻrsatiladigan interaktiv xizmatlari soni 20 taga yetkaziladi;

Agrar taʼlim tizimidagi OTMlarni dunyoning nufuzli 1000 ta oliy taʼlim muassasalari roʻyxati (QS reyting tizimi)ga kiritish choralari koʻriladi.

2020/2021 oʻquv yilidan sohadagi barcha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida taʼlimning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Toshkent davlat agrar universitetining Nukus, Termiz va Samarqand filiallari institutga aylantiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер