“Toshkent – Buxoro – Toshkent” aviaqatnovi vaqti oʻzgardi
Bugun, 21-dekabr kuni “Toshkent — Buxoro” UZB23/24 yoʻnalishidagi aviaqatnov vaqti texnik sabablarga koʻra oʻzgartirildi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ maʼlum qildi.
Unga koʻra:
Toshkentdan uchish: 15:00 (13:30 ni oʻrniga)
Buxoroga yetib borish: 16:00
Buxorodan uchish: 16:40 (15:20 ni oʻrniga)
Toshkentga yetib borish: 17:40.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring