Toshkent aeroportida mehmonxona ochildi
“Uzbekistan Airports” kompaniyasi axborot xizmati maʼlum qilishicha, mehmonxona joʻnab ketish terminalining kutish zalida, “Art Bazar” majmuasining chap tomonida joylashgan.
Mehmonxonada ikki qavatda 24 ta kichik-xonalar mavjud. Shuningdek, birinchi qavatda yuvinish va hojatxona, roʻyxatga olish peshtaxtasi va maʼlumot tablosi boʻladi, har bir xonada esa individual bortga taklif qilish tizimi mavjud.
Mehmonxonaning mohiyati shundaki, yoʻlovchi transfer paytida aeroportdan chiqmasdan yoki tranzit zonasini tark etmasdan bu yerda bir necha soat qolishi mumkin”, — deyiladi kompaniya matbuot xizmatida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring