Toʻrt oyda 154,3 trln. soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi
Davlat statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 154,3 trln. soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 105,9 % ga teng.
Sanoat ishlab chiqarish tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga toʻgʻri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 81,5 % ni tashkil etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring