Tormozi va ruli nosoz avtomobilni boshqarish uchun qanday jazo bor?

19:38 09 Mart 2020 Jamiyat
902 0

Foto: www.google.com

Tormoz, rul va ulovchi qismlarida nosozligi boʻlgan yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarganlik uchun belgilangan jazo choralari haqida Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati maʼlumot berdi.

Unga koʻra, tormoz tizimida, rul boshqaruvida yoki ulovchi qurilmada nosozligi boʻlgan yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqargan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 125-moddasi uchinchi qismiga koʻra javobgarlikka tortiladi.

Yaʼni bunday holat bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi va ushbu Kodeksning 291-moddasiga koʻra, transport vositasi maxsus belgilangan joyga ushlanib qolinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер