Toʻraqoʻrgʻon issiqlik elektr stansiyasida quvvati 1 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda
Toʻraqoʻrgʻon issiqlik elektr stansiyasida oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadida quvvati 1 MVt teng boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda.
Ayni kunlarda quyosh panellarini oʻrnatish va montaj qilish ishlari boshlab yuborildi.
Mazkur stansiya foydalanishga topshirilgach, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, yiliga 1,9 mln kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Buning natijasida yiliga 54 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring