To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasida quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

18:10 04 Iyul 2023 Iqtisodiyot
790 0

To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadida quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi foydalanishga topshirildi. 

Mazkur stansiya foydalanishga topshirilishi natijasida elektr stansiyasida yiliga qo‘shimcha 1,9 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. 

Buning evaziga yiliga 500 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

E’tiborlisi, elektr stansiyasi o‘z ehtiyojidan ortgan elektr energiyasini hududiy elektr tarmoqlariga shartnoma asosida sotmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер