Toʻqimachilik sanoati uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan sovitish uskunasi kabi tovarlar uchun uch yil muddatga bojxona imtiyozlari taqdim etiladi

18:06 28 Iyun 2022 Siyosat
901 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Soha uchun soliq va bojxona maʼmurchiligi yengillashtiriladi.

Bunda, hududlar va sanoat tarmoqlarining eksport salohiyatini oshirish uchun bojxona hududida qayta ishlash tizimi yanada soddalashtiriladi. Xususan:

— toʻqimachilik sanoatida xom ashyoni bojxona hududida qayta ishlashni bojxona toʻlovlari boʻyicha taʼminotsiz amalga oshirishga ruxsat beriladi;

— olib kelingan xom ashyodan bojxona hududida qayta ishlab chiqarilgan tovarni “eksport” rejimida olib chiqish mumkin boʻladi.

Shuningdek, toʻqimachilik sanoati uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan sovitish uskunasi, yigiruv «bochok»lari kabi tovarlar uchun uch yil muddatga bojxona imtiyozlari taqdim etiladi.

Shu bilan birga, eksport kontraktlari boʻyicha kelib tushmagan mablagʻlar 5 foizdan oshmasa, ular muddati oʻtgan qarzdorlik sifatida hisobga olinmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер