Toʻqayev Qozogʻiston Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosarini lavozimidan chetlatdi
Foto: sng.today
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayev respublika Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari Azamat Abdimomunovni lavozimidan ozod qildi.
«Davlat rahbarining farmoyishi bilan Abdimomunov Azamat Kurmanbekovich Qozogʻiston Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, Toʻqayev, shuningdek, Gabit Sadirbekovni Qozogʻiston Respublikasi Moliyaviy monitoring agentligi raisining birinchi oʻrinbosari etib tayinlagan.
Oldinroq, Milliy xavfsizlik qoʻmitasining sobiq rahbari, Qozogʻistonning sobiq bosh vaziri Karim Masimov davlatga xiyonatda gumonlanib hibsga olingani maʼlum qilingan edi. U 6-yanvar kuni respublika Milliy xavfsizlik qoʻmitasi rahbari lavozimidan chetlashtirilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring