Toʻqayevev Darigʻa Nazarboyevaning senatorlik vakolatlarini bekor qildi
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayev mamlakat Senati deputati Darigʻa Nazarboyevaning vakolatlarini tugatish toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekdi. U Qozogʻiston parlamenti yuqori palatasining spikeri va sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning toʻngʻich qizidir. Bu haqda respublika rahbarining saytida xabar berilgan.
Nazarboyeva Toʻqayev hokimiyat tepasiga kelganidan keyin, 2019-yil 20-martda Qozogʻiston parlamenti Senatining raisi etib saylangan edi. 2-sentyabrda u ushbu lavozimga qayta tayinlandi.
Darigʻa Nazarboyeva 1963-yil 7-mayda Qaragʻanda viloyati Temirtau shahrida tugʻilgan. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va Kirov nomidagi Qozogʻiston davlat universitetining tarix fakultetida tahsil olgan. Siyosiy fanlar doktori, tarix fanlari nomzodi.
2016-yil 13-sentyabr kuni Darigʻa Nazarboyeva senat deputatiga aylangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring