Tomskdagi yongʻinda halok boʻlgan oʻzbekistonliklarning shaxsi aniqlandi. Ularning aksari qiziltepalik, bitta oiladan ota va uning ikki oʻgʻli qurbon boʻlgan

10:53 22 Yanvar 2020 Jamiyat
1440 0

Favqulodda vaziyatlar vazirligi 21-yanvar kuni Rossiyaning Tomsk viloyatida bir qavatli yogʻochdan qurilgan uyda roʻy bergan yongʻin oqibatida halok boʻlgan barcha oʻzbekistonliklarning shaxsiga aniqlik kiritdi.

Fojia oqibatida halok boʻlganlarning toʻqqiz nafari Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidan boʻlgan. Ularning orasida ota va uning ikki oʻgʻli ham boʻlgani aytilmoqda. :

1. Murtazoyev Shahzod Sanjar oʻgʻli, 1999-yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)

2. Elmurodov Temur Damir oʻgʻli, 1994-yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)

3. Moʻminov Xurshid Mehriddin oʻgʻli, 1997-yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)

4. Gʻaybulloyev Ramziddin Mehriddin oʻgʻli,1998-yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)

5. Ergashev Hoshimjon Oʻtkir oʻgʻli, 1999-yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)

6. Hasanov Bunyod Karim oʻgʻli, 1994-yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)

7. Norov Mehriddin Gʻaybullayevich, 1966-yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)

8. Boymurodov Keldiyor Kandiyorovich, 1987-yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan)

9. Hasanov Umid Karimovich, 1979-yil (Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon tumanida istiqomat qilgan)

10. Muhammadali Zokir oʻgʻli Zokirov 1998-yil (Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida istiqomat qilgan).

“Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi yuzaga kelgan ayanchli hodisa oqibatida vafot etgan vatandoshlarimizning oila aʼzorlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

21-yanvarga oʻtar kechasi Rossiyaning Tomsk viloyati Asino tumani Prichulimskiy aholi yashash punkti Svoboda koʻchasidagi bir qavatli yogʻochdan qurilgan 1/3-uyda yongʻin roʻy berdi. Uyning 208 metr kvadrat maydoni yonib ketgan. Yongʻin oqibatida uyning tomi qulab tushgan. Yongʻin oqibatida 11 kishi halok boʻlgan, ulardan 10 nafari Oʻzbekiston fuqarolari.

Ikki kishi yonayotgan uydan qochib chiqishga ulgurgan. Ularga ambulator tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Yonib ketgan uyda jami boʻlib 14 kishi yashagan. Ular “Grinvud” yogʻoch tayyorlash kompaniyasi ishchilari boʻlgan.

Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 109-moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Taxminlarga koʻra, uydagi elektr jihozlarning nosozligi yongʻin sababi boʻlgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev koʻrsatmasiga asosan hodisa yuzasidan hukumat komissiyasi tuzilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер