Tomorqadan hamma ham unumli foydalanyaptimi?

16:09 25 Oktyabr 2021 Jamiyat
598 0

Andijon viloyati Baliqchi tumanida noodatiy seminar tashkil etildi. Gap shundaki, unga oʻz tomorqasidan samarasiz foydalanib kelayotgan fuqarolar jalb etildi.

– Bizning sharoitda har bir qarich yer tilloga teng, - deydi Yurtobod mahallasida yashovchi Tavakkal ota Yoʻlbarsov. – Shunday ekan, tomorqadan unumli foydalanish kerak. Bugungi kunda tomorqa maydoni qancha ekanligi emas, undan qanday qilib daromad olishni bilish muhim. Oddiy misol, mening tomorqam 2 sotix. Avval pomidor ekdim, keyin bodring. Bu yil shuning hisobidan 6 million soʻm qoʻshimcha daromad qildim. Roʻzgʻor uchun harna-da...

Baliqchi tumanida 34 mingta xonadon oʻz tomorqasiga ega ekanini hisobga olsak, bu imkoniyatdan hamma ham birdek foydalana olmayotgani achinarli, albatta. Shu bois seminarga taklif etilgan fuqarolar tomorqani daromad manbaiga aylantirgan oilalarda boʻlib, ularning boy tajribasini oʻrgandilar. Mutaxassislar tomonidan tomorqa ekinlarini parvarishlash boʻyicha maslahatlar berildi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер