Tomorqachi 20 sotix yerida ishlab, 2 yilda “Malibu”, “Kobalt” va 2 ta “Damas” oldi
Xalqaro press-klubning “Masofada“ deb nomlangan koʻrsatuvining Surxondaryo viloyatiga bagʻishlangan sonida tomorqa egalarida biri juda toʻgʻri va ibratli fikrlar bildiribdi.
Soyib Xolboyev, tomorqa egasi:
— Hozir mehnat qilib, oʻynab-kulib pul topadigan davr. Afsus, bu davrlar yoshligimizda kelmadi, aks holda, bundan-da boy boʻlgan, mashinalarimiz ham hozirgidan-da koʻp boʻlar edi. Mehnat ortidan pul topib boy boʻladigan davrlar keldi. Endi bekor oʻtirish oʻziga oʻzi choh qazishdek gap.
20 sotix yerimga qilgan mehnatim evaziga oʻtgan yili “Malibu“ va “Damas“ rusumli avtomobillarni sotib oldim. Bu yil esa “Kobalt“ hamda mahsulotlarimni tashish uchun yana bitta “Damas“ oldim. Yillik sof foydamiz 200 million soʻmni tashkil qilmoqda.
Jarqoʻrgʻon tumani aholisi asosan dehqonchilik bilan shugʻullanadi.
Tomorqalarimizdan eng koʻpi bulgʻor qalampiri chiqadi. Uni oktyabr oyida ekib, qishdan eson-omon olib chiqqach, erta bahorda yurtimiz bozorlarida sotamiz va xorijga eksport qilamiz.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring